Ikki chetidan qayishqoq tayanchga o‘rnatilgan kolosnikning tebranish dinamikasi: matematik model va uzatish funksiyasi

Mualliflar

  • Djurayev Anvar Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti ##default.groups.name.author##
  • Abdusalomov Mavlonbek Bobir o‘g‘li Namangan davlat texnika universiteti ##default.groups.name.author##

##semicolon##

kolosnik, qayishqoq tayanch, tebranish tizimi, uzatish funksiyasi, bikrlik koeffitsiyenti, dempfirlash, xususiy chastota, MATLAB

Abstrak

Maqolada paxta xomashyosini yirik iflosliklardan tozalash jarayonida qo‘llaniladigan kolosnikli panjaraning ikki chetidan qayishqoq tayanchga mahkamlangan sterjen ko‘rinishidagi tebranish tizimi ko‘rib chiqilgan. Tizimning dinamik xossalarini yagona analitik shaklda ifodalash maqsadida bir erkinlik darajali chiziqli tebranish modeli tuzilgan va unga mos uzatish funksiyasi keltirib chiqarilgan. Model parametrlari — kolosnik massasi, tayanchlarning bikrlik va dempfirlash koeffitsiyentlari — avvalgi nazariy va tajribaviy tadqiqotlari natijalariga tayanib asoslangan. Olingan uzatish funksiyasi asosida tizimning xususiy tebranish chastotasi, o‘tish jarayoni va chastota xarakteristikasi MATLAB muhitida tahlil qilingan, natijalar arrali barabanning ishchi chastota diapazoni bilan taqqoslangan. Tadqiqot natijalari kolosnikli panjara konstruksiyasini loyihalash bosqichida rezonans holatlarini oldindan bashorat qilish va tayanch parametrlarini asoslash imkonini beradi

##submission.citations##

Muxammadiyev U.Sh. Metall va energiya sarfini kamaytirishda UXK agregatini yirik ifloslik-lardan tozalash seksiyasini takomillashtirish: tex. fan. bo‘yicha falsafa doktori (PhD) diss. avtoref. – Toshkent, 2024. – 47 b.

Berdimuratov U.T. Paxtani mayda va yirik ifloslikdardan tozalagich ishchi organlarini konstruksiyasini takomillashtirib, parametrlarini asoslashning ilmiy asoslari: tex. fan. doktori (DSc) diss. – Termiz, 2026.

Djuraev A., Sayitqulov S., Qurbonov F., Berdimurodov U., Xolmirzaev J. Paxta bo’lagini ko’p qirrali kolosnik og’ma tekis sirti bilan ta’sirlashishini nazariy tadqiqotlari natijalari // Fan va texnologiyalar taraqqiyoti. – 2022. – №3. – B. 236–240.

Xolmirzaev J. Paxtani yirik iflosliklardan tozalagich qayishqoq tayanchli kolosniklarining tebranish dinamikasi bo’yicha tadqiqotlar: PhD diss. – Toshkent, 2026.

Sayitqulov S.O. Paxta tozalash mashinalarida ishchi organlarning takomillashtirilgan konstruksiyalari: monografiya. – Buxoro, 2023.

Jo’raev A., Sayitqulov S.O. Tadqiqotlar improvizatsiya bo‘yicha ishchi organlarni paxtani chiqindidan tozalash mashinasida // EPRA International Journal of Research and Development. – 2021. – Vol. 6, №3. – P. 1–6.

Kuliev T.M., Muxammadiev U.SH. Natijalari tadqiqotlarini UXK agregatini yirik ifloslikdan tozalash seksiyasining metall-resurstejamkor konstruksiyasini ishlab chiqish bo’yicha // Agro ilm. – Toshkent, 2023. – №3. – B. 63–64.

Jo’raev A. Paxta tozalash mashinalarining ish mexanizmlari dinamikasi. – Toshkent: Fan, 1987. – 168 b.

Raxmonov X.Q., Jumaniyozov Q.J., Nurboev R.X., Qodirov E.S. Separatorning to’rli yuzasidan paxtani ajratib olish jarayonida sodir bo’ladigan muammolarni nazariy o’rganish // Fan va texnologiyalar taraqqiyoti. – 2022. – №3. – B. 315–321.

Zikriyoyeva E.Z. Paxta xomashyosini birlamchi qayta ishlash: qo‘llanma. – Toshkent: Mexnat, 1999. – B. 84–86.

Willcutt M.N., Hughs S.E., Mangialardi G.J. et al. Foreign matter reduction during seed-cotton cleaning: a review of design principles // Applied Engineering in Agriculture. – ASABE. – 2018

##submission.downloads##

Nashr qilingan

2026-10-01

##submission.howToCite##

Djurayev Anvar, & Abdusalomov Mavlonbek Bobir o‘g‘li. (2026). Ikki chetidan qayishqoq tayanchga o‘rnatilgan kolosnikning tebranish dinamikasi: matematik model va uzatish funksiyasi. "Mashinasozlik" Ilmiy-Texnika Jurnali, 1(3), 224-230. https://journal.astiedu.uz/index.php/mashinasozlik/article/view/209

O'xshash maqolalar

##common.pagination##

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.