Statistik jarayonlar nazorati (SPC) va o‘lchash tizimlari tahlili (MSA) asosida ishlab chiqarish jarayonlari barqarorligini ta’minlash

Mualliflar

  • Sativaldiev Aziz Kahramanovich Andijon davlat texnika instituti ##default.groups.name.author##
  • Tursunov Botirjon Tolibjon o‘g‘li Andijon davlat texnika instituti ##default.groups.name.author##

##semicolon##

SPC, MSA, statistik jarayonlar nazorati, o‘lchash tizimi, takrorlanuvchanlik, qayta tiklanuvchanlik, GRR, X̄-R nazorat kartasi, Cp, Cpk, Pp, Ppk jarayon barqarorligi, avtomobilsozlik

Abstrak

Maqolada ishlab chiqarish jarayonlari barqarorligini ta’minlashda statistik jarayonlar nazorati (Statistical Process Control - SPC) va o‘lchash tizimlarini tahlil qilish (Measurement Systems Analysis - MSA) usullarini qo‘llashning ilmiy-amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Misol sifatida avtomobilsozlikda qo‘llaniladigan COVER ASM - STRG COL LWR detalining nazorat qilinadigan o‘lcham parametri tanlangan. Jarayon barqarorligi X̄-R nazorat kartalari, jarayon qobiliyati Cp va Cpk hamda jarayon unumdorligi Pp va Ppk ko‘rsatkichlari orqali baholangan. O‘lchash tizimining ishonchliligi esa takrorlanuvchanlik (EV), qayta tiklanuvchanlik (AV), ularning yig‘ma ko‘rsatkichi GRR va farqlanadigan kategoriyalar soni (ndc) asosida aniqlangan. 125 ta o‘lchash natijasi bo‘yicha jarayon o‘rtachasi 3,9988 mm, Cp=1,319 va Cpk=1,835 ni tashkil etdi; nazorat kartalarida jarayonning statistik nazorat chegaralaridan chiqishi aniqlanmadi. MSA tadqiqotida %EV=20,22 %, %AV=3,20 %, %GRR=20,47 % va ndc=6,74 natijalari olindi. Natijalar o‘lchash tizimining jarayonni tahlil qilish uchun yetarli darajada farqlash qobiliyatiga ega ekanligini, biroq takrorlanuvchanlik komponenti bo‘yicha takomillashtirish zaxirasi mavjudligini ko‘rsatdi. Taklif etilgan SPC-MSA ketma-ketligi sifat ko‘rsatkichlarini baholashda o‘lchash xatosi bilan haqiqiy jarayon variatsiyasini ajratish va boshqaruv qarorlarining ishonchliligini oshirish imkonini beradi.

##submission.citations##

ISO 7870-2:2023. Control charts - Part 2: Shewhart control charts. International Organization for Standardization, Geneva, 2023.

ISO 22514-1:2014. Statistical methods in process management - Capability and performance - Part 1: General principles and concepts. International Organization for Standardization, Geneva, 2014.

AIAG. Measurement Systems Analysis (MSA). 4th Edition. Automotive Industry Action Group, Southfield, Michigan, 2010.

ISO 22514-7:2026. Statistical methods in process management - Capability and performance - Part 7: Capability of measurement processes. International Organization for Standardization, Geneva, 2026.

Montgomery D.C. Introduction to Statistical Quality Control. 8th ed. Wiley, 2019.

Wheeler D.J., Lyday R.W. Understanding Variation: The Key to Managing Chaos. SPC Press, 2000.

Bothe D.R. Measuring Process Capability: Techniques and Calculations for Quality and Manufacturing Engineers. McGraw-Hill, 1997.

Juran J.M., Godfrey A.B. Juran’s Quality Handbook. 6th ed. McGraw-Hill, 2010.

Oakland J.S. Statistical Process Control. 7th ed. Routledge, 2016.

ISO 9001:2015. Quality management systems - Requirements. International Organization for Standardization, Geneva, 2015.

ISO 22514-3:2020. Statistical methods in process management - Capability and performance - Part 3: Machine performance studies for measured data on discrete parts. International Organization for Standardization, Geneva, 2020.

ISO/TR 22514-9:2023. Statistical methods in process management - Capability and performance - Part 9: Process capability statistics for characteristics defined by geometrical specifications. International Organization for Standardization, Geneva, 2023.

Pyzdek T., Keller P.A. The Six Sigma Handbook. 5th ed. McGraw-Hill Education, 2018.

Antony J. Design of Experiments for Engineers and Scientists. 2nd ed. Elsevier, 2014.

Grant E.L., Leavenworth R.S. Statistical Quality Control. 7th ed. McGraw-Hill, 1996.

##submission.downloads##

Nashr qilingan

2026-10-01

##submission.howToCite##

Sativaldiev Aziz Kahramanovich, & Tursunov Botirjon Tolibjon o‘g‘li. (2026). Statistik jarayonlar nazorati (SPC) va o‘lchash tizimlari tahlili (MSA) asosida ishlab chiqarish jarayonlari barqarorligini ta’minlash. "Mashinasozlik" Ilmiy-Texnika Jurnali, 1(3), 249-256. https://journal.astiedu.uz/index.php/mashinasozlik/article/view/213

O'xshash maqolalar

##common.pagination##

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.