Og‘ir aralashmalarni tutkichida uzun qoziqli barabanni paxta oqimidan tosh bo‘lakchalarini ajratishga ta’sirining nazariy tahlili

Mualliflar

  • R.K. Djamalov Toshkent viloyati tolali ekinlar ilmiy tadqiqot instituti ##default.groups.name.author##
  • Karimov Maxmud Raxmatovich Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti ##default.groups.name.author##

##semicolon##

paxta oqimi##common.commaListSeparator## og‘ir aralashmalar##common.commaListSeparator## tosh zarrachalari##common.commaListSeparator## uzun qoziqli baraban##common.commaListSeparator## ishchi kamera##common.commaListSeparator## qiyalik burchagi##common.commaListSeparator## burchak tezligi##common.commaListSeparator## harakat tenglamasi##common.commaListSeparator## ajratish jarayoni##common.commaListSeparator## matematik model##common.commaListSeparator## Maple dasturi

Abstrak

Ushbu maqolada paxta oqimi tarkibidagi tosh va boshqa og‘ir aralashmalarni ajratib olish uchun taklif etilgan uzun qoziqli barabanli qurilmada paxta bo‘lakchalari va og‘ir aralashmalarning harakatlanish jarayoni nazariy jihatdan tadqiq etilgan. Ishchi kameraga kelib tushgan paxta oqimining uzun qoziqli baraban yuzasi bilan o‘zaro ta’siri, paxta bo‘lakchalari va tosh zarrachalariga ta’sir etuvchi tashqi kuchlar hamda ularning harakat qonuniyatlari tahlil qilingan. Barabanning aylanish harakati qutb koordinatalari sistemasida ifodalanib, paxta oqimining baraban yuzasida siljishi va og‘ir aralashmalarning ajralish shartlari aniqlangan. Uzun qoziqli barabanning qiyalik burchagi va burchak tezligining paxta oqimi harakatiga ta’siri o‘rganilgan. Matematik model asosida Maple dasturida olingan grafiklar yordamida paxta bo‘lakchalarining vaqt bo‘yicha bosib o‘tgan yo‘li va harakat yo‘nalishining o‘zgarishi tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari barabanning konstruktiv va kinematik parametrlarini maqbul tanlash orqali paxta tarkibidagi tosh va boshqa og‘ir aralashmalarni samarali ajratish, paxta oqimining barqaror harakatini ta’minlash hamda keyingi texnologik jarayonga uzluksiz uzatish imkonini berishini ko‘rsatadi.

##submission.citations##

Pervichnaya obrabotka xlopka – sыrsa // Pod. red. E.Z.Zikrieeva. - Tashkent: Mehnat, 1999. – 400s.

Karimov M.R. “Paxta tarkibidagi og‘ir aralashmalarning ajralish jarayonini tadqiq etish” mavzusidagi Buxoro davlat texnika universitetining ilmiy texnik jurnali. Development of science. ISSN 3030-3907. Volume 2. Dekabr 12. 59-67 bet

Abduxoliqov A.U., Karimov M.R., Abdurahmonov O.Sh. “Paxta xom ashyosi tarkibidagi og‘ir aralashmalarni chiziqli tutkich qurilmasini ishlab chiqish” mavzusidagi Farg‘ona politexnika institutining ilmiy texnik jurnali 209-212 bet.

Abduxoliqov A.U., Karimov M.R., “Working out and implementation of the safflower cleaning machine” mavzusidagi Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti “respublika janubida yuk va yo‘lovchi tashishning muammo va yechimlari” Respublika ilmiy va ilmiy-texnik anjuman materiallar to‘plami. 2024-yil 25-26 oktiyabr. 314-318 bet.

Fedorova L.A., Agapova L.A. Teoreticheskaya mexanika - Sankt-Peterburg: IXBT, NIU ITMO, 2004.- 94 s.

##submission.downloads##

Nashr qilingan

2026-09-02

##submission.howToCite##

R.K. Djamalov, & Karimov Maxmud Raxmatovich. (2026). Og‘ir aralashmalarni tutkichida uzun qoziqli barabanni paxta oqimidan tosh bo‘lakchalarini ajratishga ta’sirining nazariy tahlili. "Mashinasozlik" Ilmiy-Texnika Jurnali, 1(2), 124-129. https://journal.astiedu.uz/index.php/mashinasozlik/article/view/179

O'xshash maqolalar

##common.pagination##

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.