To‘qimachilik sanoati korxonalarida xodimlarni boshqarish samaradorligini oshirish yo‘llari
##semicolon##
to‘qimachilik sanoati##common.commaListSeparator## xodimlarni boshqarish##common.commaListSeparator## mehnat unumdorligi##common.commaListSeparator## inson kapitali##common.commaListSeparator## KPI##common.commaListSeparator## ko‘p funksiyali kasbiy ko‘nikmalar (multiskilling)##common.commaListSeparator## moslashuvchanlik##common.commaListSeparator## raqamli HR-boshqaruv##common.commaListSeparator## ishlab chiqarish salohiyatiAbstrak
Maqolada to‘qimachilik sanoati korxonalarida xodimlarni boshqarish samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy yondashuvlari tadqiq etilgan. Tahlilda inson resurslarini boshqarishning zamonaviy konsepsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining rasmiy statistik ma’lumotlari bilan uyg‘unlashtirilgan. 2025-yilda yirik korxonalar tomonidan 43,1 trln so‘mlik kiyim-kechak mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 21,7 foizga yuqori bo‘lgan. Bunda Andijon viloyati hissasiga 19,7 trln so‘mlik mahsulot to‘g‘ri kelgan. 2025-yilning yanvar–noyabr oylarida to‘qimachilik mahsulotlari eksporti 2,266 mlrd AQSH dollarini tashkil etib, uning tarkibida tayyor to‘qimachilik mahsulotlarining ulushi 51,6 foizga yetgan. Mazkur tarkibiy o‘zgarishlar sharoitida mehnat unumdorligini oshirish, xodimlarning ko‘p funksiyali kasbiy ko‘nikmalarini (multiskilling) rivojlantirish, malakali kadrlarni korxonada saqlab qolish, raqamli HR-tahlil vositalaridan foydalanish hamda KPI asosidagi rag‘batlantirish tizimini takomillashtirishning ahamiyati ortib borishi asoslangan. Tadqiqot natijasida mehnat unumdorligi, kadrlar qo‘nimsizligi, xodimlarning kasbiy rivojlanishi va mehnat moslashuvchanligini ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish darajasi bilan o‘zaro bog‘liq holda baholashga asoslangan xodimlarni boshqarish samaradorligining kompleks yondashuvi taklif etilgan.
##submission.citations##
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi Farmoni.
International Labour Organization. The Future of Work in Textiles, Clothing, Leather and Footwear. Geneva: ILO, 2019.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. “Kiyim ishlab chiqarish bo‘yicha qaysi hudud peshqadam?” 06.02.2026.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. “O‘zbekistonda 6 mingdan ziyod kiyim ishlab chiqarish korxonalari faoliyat yuritmoqda.” 26.03.2026.
Armstrong M., Taylor S. Armstrong’s Handbook of Human Resource Management Practice. 16th ed. London: Kogan Page, 2023.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. Foreign Trade Turnover of the Republic of Uzbekistan: January–November 2025. Press release, 22.12.2025.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. “8 oyda 58,5 trln so‘mlik to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan.” 30.09.2025.
Marler J.H., Boudreau J.W. An evidence-based review of HR Analytics // The International Journal of Human Resource Management. 2017. Vol. 28(1). P. 3–26.
Margherita A. Human resources analytics: A systematization of research topics and directions for future research // Human Resource Management Review. 2022. Vol. 32(2). 100795.
Jiang K., Lepak D.P., Hu J., Baer J.C. How does human resource management influence organizational outcomes? // Academy of Management Journal. 2012. Vol. 55(6). P. 1264–1294.