To‘qimachilik sanoatida bo‘yoq tayyorlashda komponentlarni dozator yordamida me’yorlashtirishni boshqarish tizimining samaradorligini baholash

Mualliflar

  • Alijonov Xabibullo Avazbek o‘g‘li Andijon davlat texnika instituti ##default.groups.name.author##
  • N.Yu. Sharibayev Namangan davlat texni universiteti ##default.groups.name.author##

##semicolon##

to‘qimachilik sanoati, bo‘yoq tayyorlash, komponent, dozator, me’yorlashtirish, avtomatik boshqaruv, PLC, HMI, datchik, dozalash aniqligi, retsept, aralashtirish, samaradorlik

Abstrak

Ushbu maqolada to‘qimachilik sanoatida bo‘yoq tayyorlash jarayonida komponentlarni belgilangan retsept bo‘yicha me’yorlashtirish va mazkur jarayonni avtomatik boshqarish masalasi tadqiq etilgan. Bo‘yoq eritmasini tayyorlashda komponentlarning belgilangan miqdordan chetlanishi tayyor eritma tarkibining o‘zgarishiga, rangning takroriyligi pasayishiga va bo‘yoq hamda yordamchi kimyoviy moddalar sarfining ortishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu nuqtayi nazardan, mavjud qo‘lda boshqariladigan dozalash jarayonining texnologik xususiyatlari tahlil qilinib, ko‘p komponentli dozator qurilmasi va PLC asosidagi avtomatik boshqaruv tizimining strukturasi taklif etilgan. Tadqiqotda komponentlarni alohida bunkerlarda saqlash, ularni individual dozatorlar orqali belgilangan miqdorda uzatish, aralashtirish va tayyor bo‘yoq eritmasini keyingi texnologik bosqichga yetkazish jarayonlari o‘zaro bog‘langan tizim sifatida qaralgan. Boshqaruv tizimida datchiklardan olinadigan axborot asosida haqiqiy va berilgan qiymatlarni taqqoslash hamda ijro mexanizmlarini boshqarish tamoyili asos qilib olingan. Mavjud va takomillashtirilgan tizimlarni dozalash aniqligi, jarayonning takrorlanuvchanligi, inson omilining ta’siri, material sarfi va tayyor bo‘yoq eritmasi sifatining barqarorligi bo‘yicha baholash mezonlari ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari bo‘yoq tayyorlash jarayonida avtomatik me’yorlashtirish va nazorat tizimidan foydalanish texnologik jarayon barqarorligini oshirish uchun istiqbolli yo‘nalish ekanligini ko‘rsatadi

##submission.citations##

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. To‘qimachilik sanoati tarmog‘i bo‘yicha statistik ma’lumotlar, 2025–2026.

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-dekabrdagi PQ-2687-son qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5285-son Farmoni.

Oltinko‘l tumani axborot portali. «KONTEKS-TASHKENT» MCHJ faoliyati to‘g‘risida ma’lumot.

Trotman E.R. Dyeing and Chemical Technology of Textile Fibres. London, 1984.

Broadbent A.D. Basic Principles of Textile Coloration. Society of Dyers and Colourists, 2001.

Shang S.M. Process control in dyeing of textiles // Handbook of Textile and Industrial Dyeing.

Choudhury A.K.R. Principles of Textile Finishing. Woodhead Publishing, 2017.

Hauser P.J. Improving Sustainability in the Textile Dyeing Industry.

##submission.downloads##

Nashr qilingan

2026-09-24

##submission.howToCite##

Alijonov Xabibullo Avazbek o‘g‘li, & N.Yu. Sharibayev. (2026). To‘qimachilik sanoatida bo‘yoq tayyorlashda komponentlarni dozator yordamida me’yorlashtirishni boshqarish tizimining samaradorligini baholash. "Mashinasozlik" Ilmiy-Texnika Jurnali, 1(3), 169-196. https://journal.astiedu.uz/index.php/mashinasozlik/article/view/203

O'xshash maqolalar

##common.pagination##

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.