Gaz dvigatellari silindrlar gilzalari ishchi yuzasini lazer texnologiyalari usulida tadqiq qilish
##semicolon##
algoritm, gaz dvigateli, gilza, motor moyi, lazer texnologiyalari, lazer nuri, piksel, radial bosimAbstrak
Ushbu maqolada gaz dvigatellari silindrlar gilzalari ishchi yuzasi ko‘rsatkichlari o‘zgarishiga motor moylarining ta’siri va bu ko‘rsatkichlarni aniqlashda lazer texnologiyalaridan foydalanishning nazariy-hisoblash usullari keltirilgan. Gaz dvigatellari ishonchliligini va uzoq muddat ishlashini ta’minlashda motor moylari xususiyatlarini ishlatish sharoitida nazorat qilib turish, uning xizmat muddatini asoslash asoiy yo‘nalishlardan hisoblanadi. Gaz dvigatellari ishonchlilik ko‘rsatkichlariga cheklovchi ta’sir ko‘rsatuvchi elementlardan biri silindrlar gilzalari hisoblanadi. Gaz dvigatellari ishlatishda silindrlar gilzalari porshen yuqorisida bosim keskin o‘zgarib turuvchi sharoitda ishlaydi. Porshen halqalarining yuqori radial bosimi ta’sirida moy pardasining buzilishi va natijada ishqalanishning ortib ketishi yuz beradi, bu esa o‘z navbatida silindrlar gilzalari yeyilish jadalligining ortib ketishiga olib keladi. Silindrlar gilzalari ishchi yuzasini nazorat qilishda bir qator usullardan foydalaniladi: mikrometraj, pnevmatik nazorat qilish, moy tarkibi bo‘yicha, kompressiyani aniqlash bo‘yicha, shuningdek, ishlatilgan motor moylarini laboratoriya sharoitida tahlil qilish usullari qo‘llaniladi. Biroq xozirgi kunda gilzalar ishchi yuzasi ko‘rsatkichlarini nazorat qilishda lazer texnologiyalarini qo‘llash dolzarb hisoblanadi. Maqolada gaz dvigatellari silindrlar gilzalari ishchi yuzasini lazer texnologilari asosida tadqiq qilish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan.
##submission.citations##
Журавель Д.П. Влияние процессов старения и загрязнения моторных масел на изнашивание основных узлов тракторных двигателей/ I Міжнародна науково-практична конференція «Технічне забезпечення інноваційних технологій в агропромисловому комплексі» 01-24 квітня 2020 р
Лобза А. А., Васянина A. Ю., Ермоленко Д. А., Лобза В. С. Бесконтакт- ные методы 3d контроля геометрических параметров изделий. // Актуаль -ные проблемы авиации и космонавтики – 2018. Том 2 , с. 587-588
Кострицкий В.В., Лисовский А.Л., Дудан А.В. Создание микрорельефа на внутренней поверхности гильзы цилиндра с помощью лазерного излучения, // Вестник полоцкого государственного университета. Серия в промышленность. Прикладные науки. Машиноведение и машиностроение, 2015, № 3, с 45-53
Макеев А.В. Применение лазерных методов для контроля микрорельефа поверхности деталей.- 2015. С.43-50. https://cyberleninka.ru/
Прохоров В.Ю., Шамарин Ю.А., Краснов Н.Д. Исследования процесса изнашивания гильз блоков цилиндров дизельных двигателей. / Труды Международного симпозиума «Надежность и качество», 2017, том 2 238-240 стр.
Utaev С.А. Results of the study of wear products And contamination percentage of engine oils Of diesel and gas engines. Tractors and Agricultural Machinery Vol. 91 №6 2024.- р.1-8
Utaev С.А. Results of a study of the influence of oil contamination on wear of the working surface of disel cyliendr lines. Scientific and Technical Journal of NamIET vol.8 issue 4 2023. p 169-174
Buschinelli P, Pinto T, F Silva, J Santos и A Albertazzi Laser Triangulation Profilometer for Inner Surface Inspection of 100 millimeters (4”) Nominal Diameter Journal of Physics: Conference Series 648 (2015) 012010
Buschinelli P, T Pinto1 , F Silva, J Santos and A Albertazzi Laser triangulation profilometer for lnner surface inspection of 100 millimeters (4”) nominal diameter // Journal of Physics: Conference Series 648 (2015) 012010 doi:10.1088/1742-6596/648/1/012010
Froelund K., J. Schramm, T. Tian, V. Wong, S. Hochgreb Analysis of the Piston Ring/Liner Oil Film Development During Warm-Up for an SI-Engine Engineering for gas turbines and pover volume 123 , issue 1https://doi.org/10.1115/1.1341206
Jianxiong Kang , Chang Shu, Haoran Yang , Yaofeng Liu, Changfeng Yan, Feifei Zhang. Wear prediction of internal combustion engine cylinder liners based on adaptive generative adversarial networks , // Results in Engineering 27 (2025) 105740